Veb-saytdan foydalanish shartlari
HUQUQIY AXBOROT
1.1. www.uzgidro.uz veb-sayti (bundan buyon matnda "veb-sayt" deb ataladi) “Oʻzbekgidroenergo” AJ (bundan buyon matnda "jamiyat" deb ataladi) mulki hisoblanadi va veb-saytdan foydalanish quyidagi shartlar bilan tartibga solinadi (bundan buyon matnda "foydalanish shartlari"deb ataladi).
1.2. Veb-saytga kirish, uning sahifalarini koʻrish va veb-saytdan foydalanish orqali siz ushbu foydalanish shartlariga rioya qilishga rozilik bildirasiz va ular siz uchun qonuniy ravishda majburiy ekanligini tan olasiz. Iltimos, ushbu foydalanish shartlarini diqqat bilan oʻqing. Agar siz ushbu foydalanish shartlariga rozi boʻlmasangiz, veb-saytni tark etishingiz soʻraladi.
1.3. Jamiyat istalgan vaqtda oʻz xohishiga koʻra ushbu foydalanish shartlarini qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish, toʻldirish va (yoki) ulardan ma’lum qismini olib qoʻyish huquqiga ega. Ushbu foydalanish shartlarining yangi eskirgan versiyasi veb-saytda e’lon qilingan paytda kuchga kiradi.
1.4. Veb-sayt boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasining turli joylaridan amalga oshirilishi mumkin. Veb-saytga dunyoning istalgan nuqtasidan kirish mumkin.
INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI
2.1. Jamiyat veb-saytga kiritilgan intellektual mulk huquqlariga, xususan, veb-saytga joylashtirilgan materiallarga nisbatan mulkiy huquqlarning (boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa) mutlaq egasidir.
2.2. Intellektual mulk huquqlari obyektlariga har qanday turdagi cheklovlarsiz barcha tegishli obyektlar kiradi: barcha matnlar, grafik materiallar, foydalanuvchi va vizual interfeyslar, fotosuratlar, rasmlar, illyustratsiyalar, savdo belgilari, logotiplar, maket, video yozuvlar, audio yozuvlar, ovoz, musiqa, dizayn, nou-xau, texnologiya, chizmalar, mahsulotlar, veb-saytida chop etilgan tasviriy va boshqa materiallar, mualliflik, dasturiy ta’minot, shuningdek, barcha patentlar, savdo belgilari, tijorat belgilari, domen nomlari, roʻyxatdan oʻtgan va roʻyxatdan oʻtmagan sanoat namunalariga boʻlgan huquqlar, ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi huquqlari va boshqa barcha intellektual mulk huquqlari ob’ektlari (roʻyxatdan oʻtgan yoki roʻyxatdan oʻtmagan) yoki boshqa huquqlar yoki himoya shakllari. Tegishli ob’ektlar jamiyat xodimlari tomonidan yaratilgan.
VEB-SAYTDAN FOYDALANISH
3.1. Veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlar faqat ma’lumot maqsadida taqdim etiladi.
3.2. Taqdim yetilgan ma’lumotlar faqat shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan. Siz veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlarni faqat shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanishingiz uchun yuklab olishingiz, namoyish qilishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Veb-saytdagi hujjat yoki dasturiy ta’minotni yuklab olish yoki koʻchirish tegishli hujjat yoki dasturiy ta’minot uchun hech qanday huquq bermaydi.
BOSHQALAR
4.1. Jamiyat veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlardagi xatolar (uslubiy, orfografik, texnik va boshqa xatolar), ogohlantirishlarsiz jamiyat tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
4.2. Jamiyat veb-saytida boshqa veb-saytlarga havolalar berilishi mumkin. Ushbu havolalar boʻyicha ma’lumotlarning toʻgʻriligi, haqqoniyligi uchun Jamiyat javob bermaydi.