Aksiyadorlik jamiyatlari
“Gidroproyekt” AJ – gidrotexnik loyihalashtirish va qurish, gidroenergetik, gidrotexnik obyektlarni kompleks loyihalashtirish, yuqori xavfli obyektlar va potensial xavfli sanoat tarmoqlarida loyiha-qidiruv va tajriba-laborator ishlarini kompleks amalga oshirish asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
1931-yil mart oyida Birinchi O‘rta Osiyo energetika qurultoyida O‘rta Osiyo respublikalarining elektrifikatsiya bosh rejasi qabul qilinishi Gidroproyekt institutining tashkil etilishiga turtki berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoni asosida Jamiyat “O‘zbekgidroenergo” AJning tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kirdi.
“Cuvsanoatmash” AJ – 1955-yil Toshkent tajriba mexanika ekskavator taʼmirlash zavodi sifatida ish faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoniga asosan, “O‘zbekgidroenergo” AJning tizim tashkiloti sifatida faoliyat olib bormoqda. “Suvsanoatmash” AJ GESlar uchun zaruriy gidrotexnika jihozlarini yasash bilan shug‘ullanadi. Respublikada yagona tashkilot hisoblanadi.
“Gidromaxsusqurilish” AJ – ixtisoslashtirilgan korxona 1961-yil tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-sonli Farmoni hamda 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-sonli Qarori asosida “Gidromaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiritildi.
Hozirgi vaqtda Jamiyat yuqori malakali mutaxassislar, zamonaviy uskunalar va texnologiyalarga, xodimlarning katta tajribasiga tayanib, quyidagi maxsus ishlarni bajarib kelmoqda: turli kesimlarda yer osti joylarni qurish; karyer va avtoyo‘llarda ochik burg‘ulash-portlatish ishlari, tuproqni yumshatish, konturli portlatish ishlarini qo‘llagan holda kotlovanlardagi maxsus ishlar; maxsus gidrotexnik ishlar; baland inshootlarni (balandligi 130 m gacha bo‘lgan gradiren) qurish; quduqlarni burg‘ulash va ularni 300 m gacha chuqurlikka suvga joylashtirish; tunnellar va ko‘priklar qurish va boshqalar.
“O‘ZBEKGIDROENERGOQURILISH” AJ
“O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ – 1932-yilda “Chirchikstroy” shaklida tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati Chirchiq daryosida ikki zinali gidroelektrostansiya qurish, azot o‘g‘itini ishlab chiqaruvchi yirik korxona qurishdan iborat edi. 1934-yilda “Chirchikstroy” shu nomdagi davlat qurilish-montaj trestiga aylantiriladi.
1957-yilda esa “O‘zbekgidroenergostroy” tresti sifatida qayta tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-sonli Farmoni hamda 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-sonli Qarori asosida “Gidromaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibiga kiritildi.
Korxonaning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: qurilish-montaj, maxsus qurilish va montaj, taʼmirlash ishlari, shu qatorda gidrotexnik va boshqa maxsus ishlar; taʼmirlash-tiklash, transport, poligrafik xizmatlar; kadrlarni tayyorlash va boshqalar.
“O‘ZSUVLOYIHA” AJ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-104-son Qarori asosida “O‘zbekgidroenergo” AJning tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kirdi.
Jamiyatning asosiy faoliyati suv xo‘jaligi va gidrotexnik inshootlarni qurilishi uchun texnik jihatdan qayta ta’mirlash, qayta qurish, yangi qurilish va ta’mirlashga loyiha va loyiha-smeta hujjatlari (TIA, TIHK, hamma bosqichlari bo‘yicha loyihalar, sxema bo‘yicha namunaviy loyihalar, me’yoriy hujjatlar, smeta va boshqa loyiha hujjatlari)ni ishlab chiqish hisoblanadi.
1938-yilda loyiha-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun Toshkent, Samarqand, Andijonda loyihalash idoralari tashkil qilingan bo‘lib, ular 1950-yilda “O‘zsuv ishlab chiqarish” trestiga birlashtirilgan, 1951-yildan boshlab “Sredazgiprovodxlopok” institutiga filial huquqida biriktirilgan.
Loyiha-qidiruv idorasi bir qator qayta tashkil qilinishlar natijasida, Respublikaning suv xo‘jaligiga mo‘ljallangan loyihalarga ehtiyojlarining loyiha-smeta hujjatlarini ta’minlagan holda Respublikaning meliorativ va suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash bo‘yicha kuchli institutiga aylandi.