Kontent qismiga oʻtish

Luson (orol)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Luson (orol)
Geografiya
Maydoni 109 965 km2
Dengiz sathidan balandligi 2922 m.
Eng baland nuqtasi Mount Pulag
Ma'muriyat
Davlat Filippin
Mintaqa Filippin
Demografiya
Aholisi 53 336 134[1]
Qo'shimcha ma'lumot

LusonFilippin arxipelagidagi eng katta orol, Tinch okeanda. Maydoni 105,6 ming km². Relyefi, asosan, oʻrtacha balandlikdagi tog, eng baland joyi 2934 m (Pulog togʻi) va sohilboʻyi tekisliklaridan iborat. Gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari parchalangan, qulay qoʻltiq va buxta koʻp. Harakatdagi vulkanlar bor. Foydali qazilmalardan oltin, xromit, temir va mis rudalari uchraydi. Iklimi subekvatorial, mussonli. Yiliga 3000 mm gacha yoshn yogʻadi. Tez-tez tayfunlar bulib turadi. Togʻlari doim yashil subekvatorial urmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. 10 dan ortiq milliy park tashkil etilgan. Sohil qismi va vodiylarda aholi zich joylashgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan sholi, makkajoʻxori, tamaki, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi oʻstiriladi. L.da Keson-Siti, Manila shaharlari, AQShning yirik harbiy bazalari joylashgan.[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil