Kontent qismiga oʻtish

Bonayre

Koordinatalari: 12°11′0″N 68°17′0″W / 12.18333°N 68.28333°W / 12.18333; -68.28333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xaritada
12°11′0″N 68°17′0″W / 12.18333°N 68.28333°W / 12.18333; -68.28333

Bonayre[1][2][3][4] (niderlandcha: Bonaire, IPA : [bɔˈnɛːrə], papyam. Boneyru) — Venesuela qirgʻogʻidan 90 km shimolda, Kichik Antil orollari arxipelagiga kiruvchi Livard orollari guruhidan Karib dengizidagi orol. Sohil boʻyidagi orollar bilan birgalikda bu Gollandiyaning maxsus jamoasi boʻlib, u Gollandiyaning biron bir provinsiyasiga kirmaydi, ammo Kichik Antil orollaridagi boshqa ikkita jamoa bilan birgalikda Bonayre, Sint Estatius va Saba, shuningdek, Karib dengizi Niderlandiyasi deb ataluvchi Gollandiyaning mulklarini tashkil qiladi[5].

Aholisi — 15666 kishi (2011). Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri Kralendeyk. Eng qadimgi aholi punkti Kralendeykning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Rinkon. Aholi punktiga XVI-asr boshlarida ispanlar tomonidan asos solingan.

Orolning kosmosdan olingan fotosurati.



</br> Gʻarbiy sohilda Kleyn-Bonayre oroli joylashgan

Orolning shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqacha boʻlgan uzunligi 40 km dan kam, maksimal kengligi 11 km, maydoni 288 km². Janubiy Amerika materigini oʻrab turgan kontinental shelfning suv osti balandliklarining eng yuqori qismida joylashadi. Bonayrening past qirgʻogʻi simol tomonga sekinlik bilan koʻtarilib, tobora „Vashington Slagbay“ milliy bogʻining lagunalari va koʻrfazlari bilan oʻralgan tepalikli hududga aylanadi. Balandligi 241 m gacha (Brandaris togʻi). Bonayre oroli yaqinida Kleyn-Bonayre (Kichik Bonayre) kimsasiz oroli joylashgan.

„Vashington Slagbay“ bogʻi 1969-yilda ochilgan va maydoni 55 km² boʻlib (orol hududining 20 foizi), butalar bilan qoplangan koʻplab soʻqmoqlar kesib oʻtuvchi tepaliklar va koʻllarni egallaydi. Bogʻ qurgʻoqchil yerlarning tabiiy majmualarini, baland kaktus chakalakzorlarini, pushti flamingolarning uyalarini, shuningdek, toʻtiqushlar, koʻrshapalaklar, iguanalar va kaltakesaklarning koʻp turlarini himoya qiladi. Bonayre orolini oʻrab turgan uzun marjon rifi 1979-yildan buyon Milliy dengiz parki maqomiga ega boʻlib, dengiz yuzasidan 60 metr chuqurlikkacha boʻlgan butun suv osti dunyosi himoya ostida. Bonayredagi Pekelmer qoʻriqxonasi Gʻarbiy yarim shardagi eng katta flamingo uyalash joyidir.

Orol faunasida kaltakesaklar, koʻrshapalaklar, 200 ga yaqin qushlar, yovvoyi echkilar uchraydi. Orol atrofidagi suvlarda 450 dan ortiq baliq turlari, dengiz toshbaqalarining toʻrt turi va suv oʻtlarining 70 ga yaqin turi qayd etilgan.

Mahalliy vaqt UTC-4.

Orolning birinchi maʼlum boʻlgan aholisi eramizdan avvalgi X-asrda Bonayreda oʻrnashgan hindular Caquetios edi. 1499-yilda Bonayre qirgʻogʻida paydo boʻlgan yevropaliklar bilan birinchi aloqada boʻlganidan keyin atigi 20 yil ichida hindlarning aksariyati kasallikdan vafot etdi yoki Gaitiga olib ketildi. Deyarli yuz yil davomida bu yerda faqat Janubiy Amerika mamlakatlaridan surgun qilingan koʻchmanchilar yashagan. Vaqt oʻtishi bilan Yevropadan kelgan koʻchmanchilar zamonaviy Rinkon oʻrnida va orolning zamonaviy poytaxtidan shimolda joylashgan Antriol mintaqasida kichik aholi punktlarini barpo etishdi. Sent-Martin orolining ispanlar tomonidan bosib olinishiga javoban gollandlar 1633-yilda Bonayreni egallab olishdi, lekin u 1791-yildagina rasman monarx mulkiga aylangan edi.

  1. Atlas mira. Spravochnoe izdanie. — M.: Rosreestr, Omskaya kartograficheskaya fabrika, 2017. — ISBN 978-5-9523-0214-3 (v myagkoy oblojke, umenshenniy format)
  2. „Центральная Америка и Антильские острова“, Атлас мира, Стер. изд., отпеч. в 2013 г, Омск: Омская картогр. ф-ка, 2014 — 60—61-bet. ISBN 978-5-9523-0214-3. 
  3. „Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya“. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  4. „Большая российская энциклопедия“. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  5. „Перепись населения (2011)“ (deadlink). 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-aprel.
  • Boner (Bonayre) // Berezna — Botokudi. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1950. — S. 559. — (Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 51 t.] / gl. red. S. I. Vavilov ; 1949—1958, t. 5).